16:04 / 22.03.2021
6662
Reklama

MacCoffee: «Sovg‘alar 1,2,3 da» aksiyasi natijalari sarhisobi

MacCoffee'ning juda yirik aksiyasi tugadi, keling, ushbu yorqin lahzalarni yana eslashga va qayta his qilishga harakat qilib ko‘raylik.

Do‘stlar, mana MacCoffee 3tasi 1da Original'ning «Sovg‘alar 1,2,3 da» aksiyasi ham o‘z nihoyasiga yetdi! 2020 yil 1 fevraldan 2021 yil 28 fevralgacha yirik miqyosda o‘tkazilgan o‘yinda telefon hisobini 10.000 so‘m miqdorida to‘ldirish, smartfonlar va super sovrinlar – yangi Cobalt avtomobillari o‘ynaldi. Ammo eng asosiysi, MacCoffee aksiyasi bizga ulkan hissiyotlar oqimi, quvonch ko‘z yoshlari, hayajon, baxtli lahzalar va ko‘plab yangi va qiziqarli tanishlarni, eng muhimi, insonlar haqidagi iliq va samimiy hikoyalarni tuhfa qildi.

Biz hammamiz telefonimizga «Sizning balansingiz to‘ldirildi» degan qimmatli xabarnomalar kelishini yaxshi ko‘ramiz. Aynan ushbu yoqimli SMS-xabarlar aksiyaning 99.301 ishtirokchisiga bordi, umuman olganda MacCoffee «Sovg‘alar 1,2,3 da» aksiyasi doirasida kofe shinavandalarining balansi 993.010.000 so‘m miqdorida to‘ldirildi!

Bundan ham yoqimli narsa faqat yangi smartfon balansini to‘ldirishga erishish bo‘lsa kerak. Ishtirokchilarimizga 924  ta zamonaviy smartfonlar  taqdim etildi. Biz ularning har birini fotosuratga olib, o‘z ijtimoiy tarmoqlarimiz sahifalarida siz bilan o‘rtoqlashdik.

Aksiyaning cho‘qqisi 7 ta – roppa-rosa yettita yangi Chevrolet Cobalt avtomobillaridan tashkil topdi. Har bir g‘alaba – bu alohida voqea bo‘lib, biz ularni doim MacCoffee'da yodda saqlaymiz. Bu ta'riflab bo‘lmaydigan baxt, quvonch va minnatdorchilik tuyg‘ularidir. Bu hissiyotlarning eng yaxshi ifodasini ko‘rish va MacCoffee 3tasi 1da Original'ni qadrlovchilarning hayotiga nazar solish imkoniyatidir.

Birinchi Cobalt Xorazm viloyati, Hazorasp tumanida yashovchi Atamurotov Rahmatulloga nasib etdi. Siz, ehtimol, uning g‘olib bo‘lgan qog‘ozxaltachani o‘choqda yoqib yuborishiga oz qolganligi haqidagi hikoyasini eslasangiz kerak. SMS darhol kelmaganligi uchun Rahmatullo qog‘ozxaltacha yutuqsiz bo‘lsa kerak deb o‘ylagan. Bu g‘aroyib voqea xuddi aqlga sig‘maydigan film syujyetiga o‘xshaydi.

Ikkinchi avtomobil Angrenga – Baymakova Zamira tomon yo‘l oldi. Zamiraxon topshirish marosimiga bir o‘zi emas, balki o‘zining butun ahil oilasi bilan tashrif buyurdi. Topshirish marosimida Zamiraxon kuchli hayajonda edi, ammo uning o‘g‘illari bunday hayajonli daqiqalarda onasini qo‘llab-quvvatlash uchun undan bir qadam ham uzoqlashmadilar.

Uchinchi va to‘rtinchi avtomobillarni bir kunda andijonlik Mahmudov Sardorbekka va samarqandlik Qahhorova Shoxistaga topshirdik. Sardorbekning orzusi otasiga mashina sovg‘a qilish edi va u o‘zining qat'iyligi hamda sevimli qahvasi tufayli ezgu orzusini ro‘yobga chiqardi. Shoxista uchun bu yil xushxabarlar bilan boshlandi, avval magistraturaga o‘qishga kirdi, so‘ngra esa MacCoffee'ning «Sovg‘alar 1,2,3 da» aksiyasida yangi avtomobil yutib olganidan xabar topdi! Bizning qahramonimiz bunga umid ham qilmagandi, u aksiya boshlanishidan avval bo‘lganidek, shunchaki sevimli kofesini ichib yurgan edi.

Yana bir Cobalt Buxoro viloyati Kogon shahriga yo‘l oldi. Bu haqiqiy yangi yil mo‘jizasi edi, chunki kogonlik quruvchi Uljayev Farhod yangi yil kirishidan oldin o‘zining yangi avtomobilini yutib oldi! Axir, bu mo‘jiza emasmi, do‘stlar? Bevosita yangi yil oldidan Farhod va uning ahil oilasi mukofotlash marosimi o‘tkazilgan Toshkent Central Park'dan to‘ppa-to‘g‘ri Kogonga qaytib ketishdi.

MacCoffee bosh sovrinining 6-chi g‘olibini taqdirlash birmuncha g‘ayrioddiy joyda, ya'ni poytaxtdagi 7-sonli poliklinikada o‘tkazildi. Chunki «Sovg‘alar 1,2,3 da» aksiyasi doirasida 6-chi avtomobilni yutib olgan Ziyomuxamedova Yulduz aynan shu yerda ishlaydi. Yulduz juda kamtar qiz bo‘lib chiqdi va unga taqdirning bunday sovg‘asi buyurganiga hatto ishona olmadi! Qahramonning onasi bu yaxshi fikrlar va karantin paytida Yulduz yordam bergan bemorlarning minnatdorchiligining MacCoffee bosh sovrinini yutib olish shaklida ro‘yobga chiqishi deb hisoblaydi.

Oxirgi, 7-chi avtomobil go‘yo go‘zal hikoyaning yakuni kabi, super sovrin yutuqlarini boshlab bergan birinchi yutuqqa o‘xshab Xorazm viloyatiga yo‘l oldi: bu safar Yuqori Do‘rmon qishlog‘iga. O‘lmasxon Atashevaning azaliy odati, ya'ni har safar bozordan qaytib kelayotganida 10 ta sevimli MacCoffee 3tasi 1da qahvasini sotib olishi uning mashina yutib olishiga yordam berdi. Ehtimol, barchangiz bu qanday ta'sirli marosim bo‘lganligini eslasangiz kerak? O‘lmasxonni qo‘llab-quvvatlashga kelgan oila a'zolari o‘z quvonch ko‘z yoshlarini tiya olmadilar.

Ha, do‘stlar, barchasiga qaramasdan, bu yil hammamiz uchun ham oson yil bo‘lmadi, ammo biz birgalikda unga biroz quvonch va mehribonlik kirita oldik. Chin qalbimizdan aksiyaning barcha ishtirokchilari, MacCoffee'ni sevuvchilarga va barcha sheriklarga tashakkur bildirishni istaymiz. Buning barchasini cizga va ciz uchun qilamiz.

Aksiya tugadi, lekin biz siz bilan xayrlashmaymiz, aziz do‘stlar. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizdan har doim juda ko‘p qiziqarli narsalarni, doimiy o‘yinlar va tanlovlarni topishingiz mumkin. Keyingi uchrashuvgacha xayr, do‘stlar!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Facebook: fb.com/macCoffee3in1.uz

Instagram: @maccoffee3in1.uz

Telegram: t.me/MaccoffeeUzb

 Reklama huquqi asosida

Top