16:53 / 22.03.2021
4309

Qo‘qondagi qotillikning yangi tafsilotlari: voqelikka rashk sabab bo‘lgan

17 mart kuni tushdan so‘ng Qo‘qon shahrining «Aziztepa» MFYda yashovchi er D.I rafiqasi Z.I.ni mix sug‘uradigan asbob bilan boshiga urib o‘ldirib qo‘ygan. Kelishmovchilikka ayolning Turkiyaga ketish istagi va erining rashki sabab bo‘lgan.

Joriy yilning 17 mart kuni Qo‘qon shahar "Aziztepa" MFYda mudhish qotillik jinoyati sodir etilganligi haqida xabar bergan edik. Kun.uz muxbiri mazkur voqelik bo‘yicha yangi tafsilotlarni aniqladi.

Ma'lum bo‘lishicha, Qo‘qon shahridagi «Aziztepa» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Z.I. 17 mart kuni eri D.I.ga Turkiya davlatiga ishlash uchun ketmoqchi ekanligini aytadi. Xotinini boshqa erkak bilan topishib olgan degan gumonga borgan er D.I. unga qarshilik ko‘rsatadi. Natijada o‘rtada o‘zaro janjal kelib chiqqan. Oqibatda er yashash xonadoni omborxonasida turgan mix sug‘uradigan asbob bilan uxlab yotgan xotinini qasddan boshiga urib, o‘ldirib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro D.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top