15:43 / 22.03.2021
12675
Toshkent markazida «Spark» piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ikki kishini urib yubordi, ulardan biri vafot etgan

18 mart kuni taxminan soat 18:30larda, Mirobod tumanidagi Zarafshon va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasida 32 yoshli X.Z. “Spark” avtomobilini boshqarib ketayotib, piyodalar o‘tish yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 30 yoshli B.R. va 23 yoshli N.A.ni urib yuborgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, YTH natijasida har ikki piyoda tan jarohati olib, shifoxonaga joylashtirilgan.

20 mart kuni piyodalardan biri B.R. tibbiy xodimlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, olgan tan jarohatlari natijasida jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Poytxt IIBB Tergov boshqarmasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Top