00:02 / 22.03.2021
3583
Yevropa ittifoqi hozircha vaksinalar bilan bo‘lisha olmasligi aytildi
Foto: EPA/UPG

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen hozirda Yevropa ittifoqi koronavirusga qarshi vaksinalarni nochor davlatlarga berishi uchun imkoniyat ko‘rmayotganini aytdi. Uning ta'kidlashicha, hozirda Yevropa ittifoqi davlatlarining o‘zi vaksinalarga ehtiyojmand.

Fon der Lyayyen Funke Media Gruppe nashriga bergan intervyusida Yevropa ittifoqi vaksinalarni xayriya qilishga imkoniyati bo‘lmasa-da, ular bilan bo‘lishish dasturi COVAX’ni moliyaviy qo‘llab-quvvatlayotganini eslatib o‘tgan. 

“Yevropa ittifoqi ushbu tashabbusga 2,2 mlrd yevro sarmoya qildi. COVAX hozirdayoq 52ta davlatga 30 mln doza vaksina yetkazib berdi”, deb qo‘shimcha qilgan Yevrokomissiya rahbari.

Uning ta'kidlashicha, Yevropa ittifoqining boshqa davlatlarga vaksinani bevosita xayriya qilish mexanizmi ittifoqning o‘zida vaksinalar bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangandan keyingina yo‘lga qo‘yiladi.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top