21:30 / 23.03.2021
5824

Elektr, gaz va suvdan noqonuniy foydalanishga oid ma'muriy ishlarni profilaktika inspektorlari ko‘rib chiqishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O'zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suvdan noqonuniy foydalanganishga oid ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma'muriy jazo qo‘llash vakolatini ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlariga o‘tkazishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma'qullandi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra:

  • umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid huquqbuzarliklarni jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar;
  • umumiy foydalanishdagi elektr va gaz tarmoqlari hamda elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish asboblariga oid huquqbuzarliklarni MIB organlari ko‘rib chiqishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi o‘zgartishni qonunchilikka kiritish vazifasi Prezidentning «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2020 yil 24 noyabrdagi PF–6118-sonli Farmonida belgilanib, bundan ikki oy avval ushbu o‘zgartishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilingandi.

Mavzuga oid
Top