10:44 / 23.03.2021
8667

Hindistonda sport musobaqasi vaqtida 1,5 ming odam bo‘lgan tribuna qulab tushdi  

Foto: skrinshot

Hindistonning Suryapet shahrida mamlakatda ommalashgan Kabaddi sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida milliy chempionat o‘tayotgan obektdagi tribunalardan biri qulab tushdi. Voqea oqibatida 100ga yaqin kishi jabrlangan.   

Politsiyada ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar haqida xabar olinmagan. 

 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, tribunada belgilangandan ancha ko‘proq odam -  1,5 ming kishi bo‘lgan. Barcha jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. 

Ta'kidlanishicha, sport tadbiri 25 martgacha davom etadi. U uchun yog‘och va boshqa materiallardan uchta tribuna qurilgan bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, voqeaga tribuna konstruksiyasining mo‘rtligi sabab bo‘lgan. Biroq voqeaning aniq sababi tergov yakunlangandan keyin ma'lum qilinadi.

Top