17:53 / 23.03.2021
2901

Mo‘ynoqda mast haydovchi urib ketgan YPX inspektori vafot etdi

21 mart kuni Mo‘ynoq tumanidagi yo‘lda mast haydovchi YPX xodimini urib ketdi. Qoraqalpog‘iston IIVning xabar berishicha, Yo‘l patrul xizmati boshqarmasining 3-ko‘chma guruh inspektori Qairbayev Daniyar Mo‘ynoqdagi 4R-173 avtomobil yo‘lining 91-93 km oralig‘ida xizmat vazifasini bajarayotgan bo‘lgan. Shu paytda UAZ-3303 rusumli mashinani mast holda boshqarib kelayotgan haydovchini to‘xtatmoqchi bo‘lgan vaqtda  xodimni urib yuborgan. 

Yo‘l transporti natijasida inspektor voqea joyida vafot etgan. Hodisani sodir etgan haydovchiga nisbatan qanday chora ko‘rilgani haqida hozircha ma'lumot berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nukusda mast holda avtotransport vositasini boshqargan 2 nafar haydovchi aniqlangandi (https://t.me/kunuzqoraqalpogiston/2861). Ularning biriga eng kam ish haqining 20 barobari miqdorida jarima, ikkinchisi esa 1 yil 6 oy muddat davomida avtotransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingandi.
 

Top