23:05 / 23.03.2021
4216

Norvegiya bosh vaziri karantinni buzgani uchun politsiya tomonidan so‘roq qilindi 

Foto: AP

Norvegiya bosh vaziri Erna Sulberg fevral oyida tug‘ilgan kunini nishonlash vaqtida karantin qoidalarini buzgani uchun politsiya tomonidan so‘roq qilindi. Bosh vazirga ushbu qoidabuzarligi uchun 10 ming krona (1165 dollar) jarima solinishi mumkin. 

“Biz tergov boshladik va uning doirasida bosh vazirni so‘roq qildik. Hozircha u yakunlanmadi”, deb ma'lum qilgan politsiya inspektori Morten Sending. Uning ta'kidlashicha, huquq-tartibot idoralari ushbu holat yuzasidan tergovni joriy haftada yakunlamoqchi.

Solberg 60 yoshini tog‘ kurortida nishonlagan. Yubileyda 13 kishi qatnashgan. Vaholanki, mamlakatda o‘rnatilgan karantin qoidalariga ko‘ra 10 kishidan oshmaydigan taadbirlargagina ruxsat berilgan.

Foto: Instagram /@erna_solberg

Bosh vazir ushbu qoidabuzarlik uchun uzr keltirgan. 

“Biz fikrimizcha koronavirus bo‘yicha tavsiyalarga javob bergan restoranda kechki ovqatni rejalashtirgandik. Biz restoranda uchta stol buyurtirib, ijtimoiy masofaga amal qilgandik”, deb aytgan Norvegiya bosh vaziri.    

Karantinni qo‘llab-quvvatlovchi bosh vazirning o‘zi qoidalarni buzgani Norvegiyada keskin tanqidga sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top