12:09 / 23.03.2021
39510
«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi

Bugun O‘zbekiston hududiga deyarli salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 15-20 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 24-25 martda salqin havo massalari mamlakat hududlaridan chiqib ketadi, uning o‘rniga janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, bu kunlarda yog‘ingarchilik ehtimoli kam bo‘ladi, havo harorati kechalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari 20-25 daraja issiq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

26-27 martda respublikaga Kavkaz hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi, buning hisobiga ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 17-22 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Ba'zi joylarda ayrim kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Top