14:34 / 23.03.2021
21694

Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi binoga ko‘chdi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi binoga ko‘chdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 2020 yilning 6 noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimiga bag‘ishlab videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi binosi zamonaviy talablarga javob bermay qolgani haqida bildirilgan fikrlarga javoban davlat rahbari tomonidan bu masalaga e'tibor berish va yechim topish bo‘yicha topshiriq berilgan. Shuningdek, yig‘ilishda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining avvalgi binosini SSVga berish bo‘yicha taklif ilgari surilgan edi.

Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, Navro‘z ayyomi kunlarida vazirlik markaziy apparati yangi binoda ish boshladi. Uzoq yillardan beri vazirlik o‘rnashib kelgan Navoiy ko‘chasidagi 12-uy vazifalari kengayib borayotgan vazirlik talablariga javob bermay qolgan edi. 

SSV ko‘chib o‘tgan Navoiy ko‘chasidagi 4-uy yangidan ta'mirlangan, barcha zamonaviy imkoniyatlarga ega. 

Mavzuga oid
Top