15:26 / 24.03.2021
4510
Dunyodagi eng katta kartina 62 mln dollarga sotildi

Britaniyalik rassom Sasha Jafri chizgan rasm 1,5 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi – bu to‘rtta basketbol maydoni bilan teng.

Foto: sachajafri

Dubayda o‘tkazilgan kimoshdi savdosida "Insoniyatning sayohati" deb nomlangan dunyodagi eng katta kartina 62 mln dollarga sotildi

Britaniyalik rassom Sasha Jafri chizgan rasm 1,5 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi – bu to‘rtta basketbol maydoni bilan teng.

Kartina 70 qismdan iborat. Uni dastlab qismlab sotish rejalashtirilgandi. Ammo Dubayda yashovchi va kriptovalutaga ixtisoslashgan kompaniya egasi bo‘lgan Andre Abdun kartinani butunicha sotib oldi. 

"Insoniyatning sayohati" kartinasi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Jafri suratni chizishni o‘tgan yil sentyabrida yakunlagan. Kartina 140 mamlakatda yashovchi bolalarning internet orqali rassomga jo‘natgan ijod namunalariga asoslangan. 

Top