16:30 / 24.03.2021
6347
Yozef Blatter futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi

Diskvalifikatsiya muddati 6 yil 8 oyni tashkil etadi. Blatter bilan birga tashkilotning sobiq bosh kotibi Jyerom Valke ham futboldan chetlashtirildi.

Foto:epa/vostock-photo

Axloq bo‘yicha mustaqil qo‘mita sudlov palatasi Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) sobiq prezidenti Yozef Blatter va tashkilotning sobiq bosh kotibi Jyerom Valkeni FIFA axloq kodeksini buzishda aybdor deb topdi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida xabar qilindi.

 Ular futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan 6 yil 8 oy muddatga chetlashtirildi.

 FIFA avvalroq Blatterga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni so‘rab, Tsyurix kantoni prokuraturasiga ariza bergandi.

Blatter va boshqa qator shaxslar 2016 yilda Tsyurixda ochilgan Jahon futboli muzeyi qurilishida mablag‘lar asossiz sarflanishiga olib kelgan shartnomalarni tuzishga aloqadorlikda gumon qilingan.

 O‘tgan yil noyabrda Shveytsariya federal prokuraturasi Yozef Blatter va UYeFA sobiq rahbari Mishel Platiniga nisbatan tergov ishini kengaytirgandi

Prokuraturaning ma'lumot berishicha, ularga nisbatan "tovlamachilikda gumon qilinish" bo‘yicha ham surishtiruv olib borilmoqda. Shu sababli tergovchilar 1998–2015 yillarda FIFAni boshqargan Blatterning 2011 yilda tashkilot hisobidan Platini hisobiga 2 mln shveysar franki (1,8 mln yevro) o‘tkazganligi holatini o‘rganmoqda.

Top