15:16 / 24.03.2021
6035
Hindistonda koronavirusning qo‘shaloq mutatsiyali yangi turi aniqlandi

22 mart kuni Belgiyada koronavirusning B.1.214 deb nomlangan yangi turi aniqlangandi.

Foto: Reuters

Hindistonda koronavirusning qo‘shaloq mutatsiyali yangi turi aniqlandi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda. 

«Mamlakatda yangi qo‘shaloq mutatsiya koronavirusning boshqa turlari bilan bir qatorda aniqlandi», — deyiladi Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. 

Xabarga qo‘shimcha qilinishicha, hozircha mutatsiyalarning paydo bo‘lishi va qator shtatlarda aholi orasida koronavirus yuqtirishning tezlashgani o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha ma'lumotlar yetarli emas. 

22 mart kuni Belgiyada koronavirusning B.1.214 deb nomlangan yangi turi aniqlangandi. Qayd etilishicha, aholining 4 foizi ushbu shtammni yuqtirgan. 

18 mart kuni Hindistonda koronavirusning britancha, brazilcha va janubiy afrikacha shtammlari aniqlangandi. 

Top