14:10 / 24.03.2021
32071
O‘zbekistonda yangi Equinox va Tracker sotuvga chiqdi. Narxlar e'lon qilindi

Chevrolet Tracker'ning yangi modeli narxi 166,9 mln so‘mdan 240 mln so‘mgacha deb belgilandi. Equinox'ning esa 299 mln va 414 mln so‘mlik ikki xil modifikatsiyasi olib kelib sotiladi.

Chevrolet Equinox / Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Equinox va Tracker modellariga shartnomalar tuzish boshlanganini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, yangilangan Chevrolet Tracker LT va RedLine komplektatsiyasi klimat-kontrol, haydovchi o‘rindig‘ida elektron boshqaruv va sun'iy teri bilan qoplangan o‘rindiqlari bilan avvalgi modellardan farqlanadi.

Chevrolet Tracker (2021 yil modeli)ning narxlari quyidagicha belgilangan (narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan):

  • boshlang‘ich komplektatsiya – 166 899 500 so‘m;
  • LT komplektatsiya – 232 001 000 so‘m;
  • RedLine komplektatsiya – 240 000 400 so‘m.

Yangilangan Chevrolet Equinox RS komplektatsiyasi to‘liq svetodiod optika, moslashuvchan kruiz-kontrol, orqa tarafdagi transport vositalarining harakati haqida ogohlantirish kabi funksiyalarga ega.

Chevrolet Equinox (2021 yil modeli) narxlari, QQS bilan:

  • boshlang‘ich komplektatsiya – 299 000 000 so‘m;
  • RS komplektatsiyasi – 414 000 000 so‘m.

Top