16:13 / 24.03.2021
11055

Shu kasallik tufayli o‘g‘limdan ayrilgandim, endi qizim ham dard bilan olishmoqda

Surxondaryolik Mingnorovlar oilasining kenja farzandi Toshboyeva Mavludaxon tug‘ma qon kasalligi bilan tug‘ilgan. Ota-onasi farzandini 12 yoshga to‘lgunga qadar bor-yo‘g‘ini berib davolab kelmoqda.

Oila boshlig‘ining aytishicha, karantin vaqtida barcha kasalxonalar bemorlarni qabul qilishni to‘xtatgach bolaning ahvoli yomonlashgan. Natijada bolaning o‘pkasida suv paydo bo‘lgan. Viloyat markaziy shifoxonasi ochilgach bemor 10 kun davomida reanimatsiyada yotadi.

«Hozir qonning talassemiya kasalligiga qo‘shimcha yurak kasalligini ham orttirib olgan. Qizimning yuragida suv paydo bo‘lgan. Bu kasallikni davolash juda qiyin ekan, mablag‘ ko‘p ketarkan. Shifokorlar bolaga ilik ko‘chirish operatsiyasini amalga oshirsa sog‘ayib ketadi, deyishyapti.

Ayni vaqtda Respublika qon quyish va gematologiya ilmiy markazida davolanyapmiz. Shundan so‘ng operatsiya qilib bolamning talog‘ini oldiramiz. Operatsiyadan keyin ham qizimga doimiy ravishda qon quyib turishimiz kerak bo‘ladi. Hozir bizda operatsiya uchun ham unga keyingi dori-darmonga ham mablag‘imiz yetmay turibdi.

4 nafar farzandlarimdan biri ham aynan shu kasallikdan vafot etgan edi. Hech kimning farzandi kasal bo‘lmasin ekan, inshalloh tuzalib chiqishiga umid qilyapmiz,” – deydi 12 yoshli qizning otasi Mingnorov Ashurbek.

Uning aytishicha, qizi sog‘ligidagi muammolar tufayli shu yoshgacha uy sharoitida o‘qib kelmoqda. Unda ham 10-15 kun shifoxonada bo‘lsa, uyga kelib 10 kuncha o‘qiydi keyin yana shifoxonaga yotishga majbur.

«Salomatligi tufayli boshqa bolalarga qo‘shilolmaydi va tengqurlari bilan o‘ynolmaydi ham. Qizim katta bo‘lsa o‘ziga o‘xshagan bemorlarga yordam beradigan shifokor bo‘lmoqchi,” – deya qo‘shimcha qildi Ashurbek Mingnorov.

Mavludaxon Toshboyevaga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0417 6930 7571 (otasi Mingnorov Ashurbek nomida)

Sberbank: 5336 6902 3532 3732 (qarindoshi Yusupov Azamat nomida)

Telefon: +99899 0353374

Farrux Absattarov
Tasvirchi Doniyor Yoqubov

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top