12:00 / 24.03.2021
2532
Toshkent davlat stomatologiya instituti iqtidorli talabalari uchun Turkiya kompaniyasining stipendiyasi joriy etildi
Foto: Toshkent davlat stomatologiya instituti

Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari uchun Turkiya kompaniyasining stipendiyasi joriy etildi. 

 Anzibel Dental Avard stipendiyasi akademik va ilmiy-tadqiqot faoliyatida muvaffaqiyatga erishgan, faol, ijtimoiy hayotda ham o‘z o‘rniga ega bakalavriat talabalariga tanlov asosida beriladi. 

15 mart kuni "NOBeL FARMSANOAT" bosh direktori Kyurshat Jyenk Chetin va Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori, professor Nodir Haydarov tomonidan ushbu stipendiya to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Mukofotdan ko‘zlangan asosiy maqsad, institut talabalarini o‘quv jarayonidagi muhim yutuqlarga erishishi, fanlarni faol va chuqur o‘zlashtirishi uchun rag‘batlantirish, shuningdek, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, ularning institut hamda respublika jamoat hayotida faol ishtirok etishiga erishishdir. 

 Anzibel Dental mukofotini tayinlash tartibi talabalar – nomzodlar komissiyaga zaruriy hujjatlarni taqdim etish yo‘li bilan mustaqil ravishda ko‘rsatiladi. Nomzodlar to‘g‘risidagi qisqacha ma'lumotlar va taqdim etilgan hujjatlar to‘plami institutning axborot resurslarida e'lon qilinadi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati

Top