11:50 / 24.03.2021
2997
Toshkent shahar hokimi Dushanbega  tashrif buyurdi
Foto: Aziya-Plyus | Vse novosti Tadjikistana i mira

Joriy yilning 23 mart kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Tojikistonning Dushanbe shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Aziya-Plyus nashri xabar berdi. 

Jahongir Ortiqxo‘jayevni u yerda Dushanbe shahar hokimi Rustam Imomali kutib oldi. Uchrashuv davomida ular ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.

Hokimiyat va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish, madaniy-gumanitar aloqalarning qo‘shma hamkorlik loyihalari va dasturlarini amalga oshirish uchun doimiy aloqalarni o‘rnatishga alohida e'tibor qaratildi.

Tashrif doirasida Toshkent shahar hokimi gazlangan ichimliklar ishlab chiqaradigan "Siyoma" korxonasiga ham tashrif buyurdi.

Top