13:12 / 24.03.2021
6671

Toshkentda 8 oylik farzandini 10 ming dollarga sotgan ayol ushlandi

Yangihayot tumanida 8 oylik farzandini 10 ming AQSh dollariga sotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida, fuqaro N.J. (ayol) fuqaro N.ga 2020 yil iyul oyida tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 10 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top