14:56 / 24.03.2021
784
Vazirlar Kengashi raisining AQShda tahsil olgan o‘rinbosari Ekologiya qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jusipbek Kazbekov - O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi xabar bermoqda.

Kazbekov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ma'lumot uchun, Jusipbek Kazbekov Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Kolorado shtati universiteti (magistratura, AQSh)ni tugatgan.

Top