19:38 / 25.03.2021
12412
BMW yangi supersedanini namoyish etdi

Alpina B8 Gran Coupe avtomobili tezligini 3,3 soniya ichida soatiga 96 kilometrga yetkaza oladi, uning maksimal tezligi 324 km/soat.

Foto: BMW

BMW kompaniyasi o‘zining BMW Alpina B8 Gran Coupe deb nomlangan avtomobilini namoyish etdi. Bu haqda CarBuzz portali xabar berdi.

Avtomobilga 612 ot kuchiga teng 4,4 litrli V8 turbodvigateli o‘rnatilgan. 

BMW Alpina B8 Gran Coupe tezligini 3,3 soniya ichida soatiga 96 kilometrga yetkaza oladi, uning maksimal tezligi 324 km/soat.

Avtomobilning bazaviy modeli narxi 139 900 dollarni tashkil etadi. U bahor oxirida Amerika bozoriga chiqadi. 

Top