16:33 / 25.03.2021
2510

Bo‘zatovda zardushtiylik diniga bog‘liq ossuariylar topildi

Bo‘zatov tumanida joylashgan «Qusxanatao‘» tog‘ida zardushtiylik diniga bog‘liq qabrlar mavjud.

Jurnalist Yesimxan Qanatovning ma'lum qilishicha, bu ossuariylar tog‘ning ustida joylashgan bo‘lib, oldin qumning tagida bo‘lgan bo‘lsa ham yomg‘ir va qor, shuningdek, shamol sababli qumlar ochilib, ko‘rinish darajasiga kelgan. Kelajakda tuman hududidan tarixiy muzey tashkillashtirish va topilgan tarixiy buyumlarni shu muzeyga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

«Bu obekt davlat himoyasiga olinmagan. Bugungi kunda obektni himoya qilish bo‘yicha tuman hokimligi tomonidan ishlar olib borilmoqda», — deydi Qoraqalpog‘iston madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Quanishbek Sharipov.

Eslatib o‘tamiz, ossuariylar topilganligi haqidagi ma'lumotlar tuman hokimligi tomonidan 2020 yil aprel oyida e'lon qilingan edi.

Top