15:16 / 25.03.2021
3171
Germaniyalik reanimatologlar vaksinatsiya samarasini his qilishdi

Germaniyada koronavirusga qarshi vaksinani 7,9 million kishi oldi – bu aholining 9,5 foizi deganidir.

Robert Kox nomidagi institut 23 mart holatiga bergan xabarga ko‘ra, Germaniyada aholining 4,2 foizi (3,5 milliondan ko‘proq odam) emlangan.

Emlash tadbiri Germaniyada 2020 yilning dekabrida boshlangan va ayni damda BioNTech/Pfizer, Moderna va AstraZeneca vaksinalari qo‘llanmoqda.

Germaniyaning intensiv terapiya bo‘linmasi (reanimatsiya) shifokorlari emlash kampaniyasining ijobiy oqibatlarini his qilishganini aytishmoqda. Germaniya intensiv va shoshilinch tibbiyot assotsiatsiyasi (DIVI) rahbari Gernot Marksning aytishiga qaraganda, kasalxonalarda yoshi 80 va undan katta bo‘lgan koronavirus bemorlari soni «juda kam».

Uning so‘zlariga ko‘ra, 65 yosh va undan kattalar emlanganidan so‘ng samara yanada sezilarli bo‘ladi. DIVI rahbari yoz oxiriga borib Germaniyada pandemiya ustidan g‘alaba qozonilishini kutayotganini aytib o‘tgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top