16:00 / 25.03.2021
4083
Lalaku'dan yangi taglik va ajoyib chegirmalar!
Foto: Lalaku

Sifatli va qulay tagliklar ishlab chiqaruvchi Lalaku kompaniyasidan ajoyib yangilik: endilikda siz bolajonlarimiz uchun yangi tasmachali tagliklarni xarid qilishingiz mumkin. 

Kompaniya yangi turdagi mahsulot taqdimoti munosabati bilan joriy yilning 19, 20 va 21 mart kunlari poytaxtimizda katta xayriya tadbirlarini o‘tkazdi. Tadbir davomida YHXBB xodimlari bilan hamkorlikda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda bolajonlarga mingdan ortiq o‘yinchoqlar va sovg‘alar hadya etildi. 

Shuningdek, kompaniya o‘z mahsulotlariga 18 foizlik chegirmalar taqdim etishini e'lon qildi. 

Tadbirda taniqli san'atkor, bloger va tiktokerlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi mehmonlar va tomoshabinlarga bayram kayfiyatini ulashdi. Kichkintoylar turli multfilmlarga tegishli sauntreklarni topgan zukko bolajonlarga velosiped, o‘yinchoq mashina singari qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Ota-onalarga esa farzandlari uchun  tagliklar, tibbiyot niqoblari va boshqa gigiyena vositalaridan iborat to‘plamlar ulashildi.

Bog‘ hududida joylashtirilgan qiziqarli va chiroyli stendlar oldida esa ota-onalar farzandlarining eng quvonchli onlarini Lalaku bilan birgalikda tarixga muhrlashdi.

Ma'lumot o‘rnida: Lalaku - sifatli bolalar tagliklari, tibbiyot niqoblari va boshqa gigiyena vositalarini ishlab chiqaruvchi kompaniya.

Veb-sayt: sofgigienik.com
E-mail: llcsofgigienik@gmail.com
Bog‘lanish uchun telefon raqamlar: +99891 611 11 11
Telegram: t.me/lalaku_uzbekistan
Facebook: facebook.com/lalaku.uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top