14:35 / 25.03.2021
8064
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Toshkent viloyati hokimining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Najmiddinxo‘ja Shuhratovich Sharipov Toshkent viloyati hokimining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan.

U bu lavozimda 2019 yil yozidan buyon ishlab kelayotgan Jamshid Abdusalomovni almashtirdi.

Najmiddinxo‘ja Sharipov 1983 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini tugatgan, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U 2003 yildan buyon Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan. 2016 – 2018 yillarda Vazirlar Mahkamasida mehnat faoliyatini davom ettirgan. 2018 yilning may oyidan Xususiylashtirilgan korxonalarni rag‘batlantirish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Najmiddinxo‘ja Sharipov prezidentning 2019 yilning 24 yanvardagi qaroriga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raisi etib tayinlangandi.

Avvalroq, N.Sharipov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mita rahbarligidan ketib, yangi lavozimda ish boshlashi xabar berilgandi

Top