21:48 / 25.03.2021
9302

O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

2021 yil 24-25 mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining O‘zbekiston – Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, tomonlarning delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iz Respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Toshiyev rahbarlik qildi.

Ushbu yig‘ilish 11-12 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov o‘rtasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan sammit yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga muvofiq tashkil etilganligi ta'kidlandi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston – Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma yig‘ilish to‘g‘risidagi bayonot imzolandi.

Yig‘ilish ochiqlik, do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi.

Top