11:50 / 25.03.2021
1456
Quloqchin taqib yurgan bolani poyezd urib ketdi

Davlatabod tumanida xarakatlanib borayotgan poyezd quloqchin taqqan yigitni urib yubogan.

21 mart kuni soat 11:40 larda, Namangan shahar Davlatobod tumani Elabod mahallasidan o‘tgan temir yo‘l oralig‘inida Namangan bekatiga harakatlanib ketayotgan poyezd kuloqchindan foydalangan holda temir yo‘l izidan ketayotgan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, fuqaro bosh miya lat yeyishi, jag‘ suyagini sinishi, o‘ng qo‘li lat yeyishi tashxisi bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan viloyat IIB Transportda XTB TG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top