14:20 / 25.03.2021
962
Xulosa qilmagan qarzdor ota endi ozodlikdan mahrum etildi

Ma'lumki, aliment to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan, qasddan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. 

Biroq, hali hanuz ham ayrim qarzdor otalar farzandi moddiy ta'minotini oylab, yillab ham berishmayotgani uchrab turibdi. 

Viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Byuroning viloyat boshqarmasi hamkorligida kuni kecha jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudi tomonidan  o‘tkazilgan sayyor sudda alimentdan qarzdor otaning jinoyat ishi atroflicha ko‘rilib, yakuniy hukm e'lon qilindi. 

Aniqlanishicha, Majburiy ijro byurosi Norin tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2019 yil 4 fevraldagi qaroriga ko‘ra qarzdor B.I.dan undiruvchi A.Yu.foydasiga 2 nafar farzandlari moddiy ta'minoti uchun 18 yoshga to‘lgunga qadar har oyda topgan daromadidan 1/3 miqdorda aliment aliment to‘lashi belgilangan. Davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, alimentni o‘z vaqtida to‘lashi tushuntirilgan. 

Biroq B.I.bir necha ogohlantirishga qaramay, aliment to‘lamay keladi va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47(4)-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan. 

Lekin, u ma'muriy qamoqdan keyin ham xulosa qilmagan shekilli, yana qarzdorlikni 1 yil davomida to‘lamay keladi. 

Natijada, qarzdorlik 15.646.800 so‘mni tashkil etadi va unga nisbatan endi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.  

Bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida qarzdor B.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top