11:27 / 26.03.2021
1420
Chirchiq davlat pedagogika instituti kafedra mudiri 2 000 dollar bilan ushlandi

Chirchiq shahrida o‘qishga kiritish evaziga 2 000 AQSh dollari olgan kafedra mudiri ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament va IIBBning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida, Chirchiq davlat pedagogika instituti kafedra mudiri A.N. fuqaro U.ni ushbu institutning Jismoniy tarbiya fakulteti sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Top