17:28 / 26.03.2021
5886
Misrda poyezdlar to‘qnashuvi sodir bo‘ldi

Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, 32 kishi halok bo‘lgan, 66 kishi jarohat olgan.

Foto: @frankedekkk / Twitter

Misrning Taxta shahrida ikki poyezd bir-biri bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda Egypt Today.  

 Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, to‘qnashuv oqibatida kamida 50 kishi jabrlangan.

Vazirlik vakili Xolid Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, hech kim halok bo‘lmagan.

Reuters agentligining xabar berishicha esa, 32 kishi halok bo‘lgan, 66 kishi jarohat olgan.

Top