09:13 / 26.03.2021
6696
O‘zbekiston aholisiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari soni ma'lum qilindi

2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295tani tashkil etgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu 2019 yilga nisbatan 14,5 foizga ko‘p.

Jami avtotransport vositalaridan:

  • yengil avtomobillar – 2 767 126ta; 
  • yuk avtomobillari – 168 810ta; 
  • avtobuslar – 5 711ta; 
  • mikroavtobuslar – 8 518ta;
  • maxsus transportlar – 5 130ta.

Avvalroq, O‘zbekistonga ikki oyda 85ta elektromobil olib kelingani xabar berilgandi.

Top