18:03 / 27.03.2021
2470

Nukus va Taxiatosh hokimlariga yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlandi

Joldasbay Abdijamilov / Foto: Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati

Joldasbay Abdijamilov Nukus shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Joldasbay Zinatdinovich shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Zamir Djiyemuratov Taxiatosh tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Zamir Djiyemuratov / Foto: Qoraqalpog‘iston xabar agentligi

Qoraqalpog‘iston xabar agentligiga ko‘ra, tayinlovga qadar Zamir Aytmag‘anbetovich Taxiatosh tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalarva tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi raisiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuroriga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziriga, Kegeyli tumani hokimiga, Qoraqalpog‘iston mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziriga o‘rinbosarlar tayinlangan edi.

Mavzuga oid
Top