11:24 / 27.03.2021
9269
Shoir Abdulla Oripovga atab yodgorlik lavhasi o‘rnatildi

Prezidentning 2020 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli shoir, taniqli jamoat arbobi, davlat madhiyasi muallifi, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi mamlakat bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Davlat rahbari qaroriga ko‘ra, Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Yangi Arg‘in” mahallasidagi shoir yashagan xonadonda yodgorlik lavhasi o‘rnatish ham belgilangan. 

Joriy yilning 26 mart kuni Abdulla Oripov yashab, ijod qilgan “Do‘rmon” ijod uyi hududida joylashgan xonadonda o‘rnatilgan barelefning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar shoirning ijodiy merosi, vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg‘usini, oliyjanob insoniy fazilatlarni madh etgan yetuk badiiy asarlari, sermazmun hayoti va ijtimoiy faoliyatining xalq ma'naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida gapirishdi.

Top