23:39 / 27.03.2021
11520

Yil boshida xorijga eng ko‘p mahsulot eksport qilgan hududlar ma'lum qilindi

2021 yil yanvar-fevral oylarida eng yuqori savdo aylanmasiga ega hudud Toshkent shahri bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

Ikki oy davomida poytaxtning tashqi savdo aylanmasi 1,9 mlrd dollarni tashkil etgan. Shundan 1,4 mlrd dollar import, 470,7 mln dollar eksport hissasiga to‘g‘ri keladi.

Boshqa hududlarda yilning dastlabki ikki oylik tashqi savdo aylanmalari quyidagicha bo‘lgan (AQSh dollarida):

  • Toshkent viloyati – 727,1 mln (eksport – 276,7 mln, import 450,4 mln)
  • Andijon viloyati – 308,5 mln (eksport – 117,0 mln, import 191,6 mln)
  • Samarqand viloyati – 240,6 mln (eksport – 59,6 mln, import 181,0 mln)
  • Farg‘ona viloyati – 212,9 mln (eksport – 72,2 mln, import 140,7 mln)
  • Navoiy viloyati – 163,9 mln (eksport – 68,3 mln, import 95,5 mln)
  • Namangan viloyati – 145,8 mln (eksport – 57,1 mln, import 88,7 mln)
  • Buxoro viloyati – 124,0 mln (eksport – 49,7 mln, import 74,3 mln)
  • Sirdaryo viloyati – 123,0 mln (eksport – 36,7 mln, import 86,3 mln)
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 103,0 mln (eksport – 66,2 mln, import 36,8 mln)
  • Xorazm viloyati – 100,3 mln (eksport – 31,5 mln, import 68,8 mln)
  • Surxondaryo viloyati – 65,1 mln (eksport – 26,9 mln, import 38,3 mln)
  • Jizzax viloyati – 60,2 mln (eksport – 29,5 mln, import 30,7 mln)
  • Qashqadaryo viloyati – 50,7 mln (eksport – 24,2 mln, import 26,5 mln)

Ma'lumot uchun, 2020 yil yanvar oyida Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi eng yuqori (1,0 mlrd dollar), Qashqadaryo viloyati eng past (26,0 mln dollar) ko‘rsatkichni namoyon qilgan.

Mavzuga oid
Top