16:09 / 28.03.2021
2768
Islom.uz portalining mobil ilovalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

27 mart kuni «Hilol-nashr» nashriyotida marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari asos solgan islom.uz portali mobil ilovalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirda portalning «Islom.uz», «Hilol e-book», «Oltin silsila», «Qur'oni Karim», «Tafsiri Hilol», «Zikr ahlidan so‘rang», «Abdurahmon Qur'on», «Abdulmalik Qur'on», «Qur'on tartili», «Namoz», «Zikr va duolar», «Javohir (arabcha-o‘zbekcha lug‘at)» kabi ilovalari taqdim qilindi.

Dasturchilar va ilovalarni yaratishda mehnat qilganlar «Hilol nashr» nashriyoti va islom.uz portali rahbari Ismoil Muhammad Sodiq tomonidan taqdirlandi.

Tadbirda shuningdek, «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid so‘zga chiqib, ilm uchun qo‘ldan kelgancha yordam berishga hamda ilm o‘rganayotgan va o‘rgatayotgan insonlarni imkon bo‘lsa moddiy tomonlama qo‘llab turishga, ilm rivoji uchun Alloh yo‘lida doimo kamarbasta bo‘lib xizmat qilishga, yaxshilik yo‘lida hamkor bo‘lishga chaqirdi.

Ma'lum qilinishicha, saytda yangi minbar.islom.uz deb nomlanuvchi bo‘lim ishga tushmoqda. Unda yurtimiz ulamolarini bir maydonda birlashtirib, ustozlar, domlalar, imomlar va ilm ahllarining sof Islom ta'limotlariga asoslangan ilmiy-ma'rifiy maqolalari, audio hamda videoroliklari o‘zbekzabon dindoshlarga taqdim etib borilishi rejalashtirilgan. 

Top