22:27 / 28.03.2021
21125
Kuchli yomg‘ir Paxtachidagi ko‘prikka zarar yetkazdi. Tumanning asosiy yo‘llari yopilib qoldi
Foto: Paxtachi tumani hokimligi axborot xizmati

Bugun yog‘gan kuchli yomg‘ir Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi ko‘prikka jiddiy zarar yetkazgan. Oqibatda tumanning bir nechta asosiy yo‘llari yopilib qolgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 28 mart kuni Samarqand viloyati bo‘ylab kuchli yomg‘ir yog‘gan va bir qator tumanlarda kuchli sellar kelgan. Ko‘chalarni, aholi xonadonlarini, ekin maydonlarini suv bosgan. Ko‘priklarga, ko‘chalarga zarar yetkazgan.

Jumladan, Paxtachi tumanining asosiy yo‘llaridan biri, davlat ahamiyatidagi 4 K 560 «Boltali - Bog‘oloni – Ziyovuddin» avtomobil yo‘lining 12-13 kilometrlari oralig‘idagi zovur ko‘prigi katta talafot ko‘rgan. Shu sababli ushbu ko‘prik avtotransport vositalari hamda piyodalar qatnovi uchun yopib qo‘yilgan.

Bundan tashqari

  • M 37 xalqaro avtomobil yo‘lining Paxtachi tumani hududida joylashgan qismidan Qarnobota qishlog‘iga olib boradigan davlat ahamiyatidagi 4 R 185 – M 37 avtomobil yo‘li;
  • Davlat ahamiyatidagi 4 N 533 «Xumor-Po‘latchi-Jag‘alboy» yo‘li;
  • Davlat ahamiyatidagi 4 R 52 va 4 K 561 «Quyiboq Paxta zavodi-Shag‘al zavodiga kirish» yo‘llari ham tabiiy ofatdan zarar ko‘rganligi sababli yopilgan.
Top