19:39 / 28.03.2021
6813
Nikol Pashinyan aprelda iste'foga chiqishini ma'lum qildi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatda navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilishi uchun aprel oyida iste'foga chiqadi. Bu haqda uning o‘zi ma'lum qildi.

Foto: Ayk Bagdasaryan/Photolure/TASS

«Aprelda ketish uchun emas, navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi uchun iste'foga ketaman. Men bu vaqt davomida bosh vazir vazifasini bajaruvchi bo‘lib qolaman», deb ma'lum qilgan Pashinyan Armavir viloyatiga tashrifi vaqtida mahalliy aholi bilan suhbatda.          

«Agar siz bizga ishonch bildirsangiz, sizga avvalgidan ham yaxshiroq xizmat qilishni davom ettiramiz, aks holda hokimiyatni kimni saylasangiz o‘shanga topshiramiz», deb ta'kidlab o‘tgan Armaniston bosh vaziri.  

Mamlakatda parlament saylovlarini 20 iyunda o‘tkazish belgilandi.

Armanistonda parlamentni tarqatib yuborish uchun bosh vazir iste'foga ketishi kerak. Agar parlament yangi bosh vazirni ikki urinishda marta saylay olmasa, unda u avtomatik ravishda tarqaladi, so‘ngra yangi parlament saylovlari o‘tkaziladi. Yangi bosh vazirni parlamentdagi ko‘pchilik tayinlaydi.

Ayni vaqtda Armanistonda Pashinyanning iste'foga ketishi talabi bilan norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Top