12:32 / 29.03.2021
2197
Andijon shahar va Asaka tuman xalq ta'limi bo‘limlaridagi talon-torojliklar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentga ko‘ra, Andijon shahar xalq ta'limi bo‘limining markazlashgan moliya-buxgalteriya sobiq hisobchisi T.A. 2019-2020 yillarda maktabda haqiqatda ishlamagan 34 nafar fuqaroni ishlaganligi to‘g‘risida to‘lov topshiriqnomalariga soxta ma'lumotlar kiritish orqali ish haqi hisoblab, 526,9 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shuningdek, Asaka tuman xalq ta'limi bo‘limi xodimi Sh.Z. va boshqalar malaka toifasini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan attestatsiya sinovlaridan o‘tmagan 24 nafar xodimga soxta sertifikatlarni rasmiylashtirish orqali 136,1 mln so‘m budjet mablag‘lari rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top