16:34 / 29.03.2021
5833

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga direktor tayinlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan Farrux Rahimovich Sharipov Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Farrux Sharipov 1969 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1-son Samarqand klinik shifoxonasi shifokor-xirurgi vazifasidan boshlagan. 

Keyinchalik 1-son Samarqand klinik shifoxonasi ambulator-xirurgiya markazi boshlig‘i, Toshkent viloyati 1-son klinik shifoxonasi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, SSV Moddiy-texnik bazani rivojlantirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i, Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i kabi mas'ul lavozimlarda ishlagan.

U shu kungacha Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid
Top