16:42 / 29.03.2021
6430
Ikrom Aliboyev Koreyaning boshqa klubiga o‘tdi

Janubiy Koreyaning «Seul» klubini tark etgan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Ikrom Aliboyev ushbu mamlakatning boshqa jamoasi bilan kelishuvga erishdi.

2019 yilda «Lokomotiv»dan «Seul»ga o‘tib, 3 yillik shartnoma imzolagan O‘zbekiston milliy jamoasiga nomzod yarimhimoyachi koreys klubi safida jiddiy jarohat olgach, oyog‘idan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgandi. 

O‘tgan haftada esa seulliklar klubi futbolchi bilan shartnomani o‘zaro bekor qilgani va Aliboyev erkin agentga aylangani xabar qilingandi. Bugun, 29 mart kuni esa Janubiy Koreya K2-ligasi ishtirokchisi «Tedjon Sitizen» Ikrom Aliboyev bilan 1+2 ko‘rinishida shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi. 

Ma'lumot uchun, «Tedjon» nufuzi jihatdan Koreyada ikkinchi o‘rinda turuvchi ligada 10ta klub orasida 3-o‘rinda bormoqda.

Top