13:05 / 29.03.2021
350
Sud raislarining sayyor qabulida 4 nafar fuqaro muddatidan oldin jazodan shartli ozod qilindi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida Namangan viloyat sudi raisi Abdurasul Eranov va viloyat ma'muriy sudi raisi Salohiddin Tursunov boshchiligida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha tumanlararo sudlar raislari tuman xalq qabulxonasida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Tadbirda tuman Xalq qabulxonasi rahbari, tuman prokurori, tuman majburiy ijro byurosi rahbarlari ishtirok etdi. Sayyor qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullarda 6 ta jinoyat, 10 ta fuqarolik, 5 ta ommaviy huquqiy munosabatlarga doir ishlar bo‘yicha ma'muriy sudlarga oid masalalarda jami 21 nafar fuqaro murojaati qabul qilindi.

Sayyor qabul jarayonida 4 nafar shaxsning murojaati bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan jazoni o‘tash muddatidan oldin shartli ozod qilindi va bir nafar fuqaroning sudlanganlik holatini olib tashlash to‘g‘risida murojaati bo‘yicha arizasi qabul qilinib, ishi jinoyat ishilari bo‘yicha tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi va arizasi qanoatlantirildi. 16 nafar fuqaroga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Top