11:06 / 29.03.2021
15899
Toshkent viloyati XTB boshlig‘i o‘zgardi 

Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Azamat Jamolovich Kamolov Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Azamat Kamolov 1981 yilda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. 2019 yildan 2021 yilga qadar Toshkent viloyati hokimligida turli lavozimlarda ishlagan. U viloyat hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyati mudiri hamda viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.

Ma'lumot uchun, 2020 yilning dekabr oyi oxirlarida Sirojiddin Qodirov Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshlagandi.

Top