18:54 / 29.03.2021
24683
Viktor Orban Toshkentga keldi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 29 mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

O‘zA xabar berishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon va uning rafiqasini O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Vengriya delegatsiyasi Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga yo‘l oldi.

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban O‘zbekistonga ilk rasmiy tashrifini Mustaqillik maydonidan boshladi.

Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

O‘zA

Qayd etilishicha, mehmonlarga Mustaqillik maydonining mazmun-mohiyati, bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi. Viktor Orban bu majmua o‘zbek xalqini istiqlol ruhidan kuch olib, yanada ulkan marralar sari intilishida o‘ziga xos mayoq bo‘lib xizmat qilayotganini ta'kidladi.

Shundan so‘ng Vengriya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Top