18:09 / 29.03.2021
2139
Xatirchida bir kecha-kunduzda 1 gektar maydonga 540 tonna suv tushgan

Kecha, 28 mart kuni Navoiy viloyatida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. G‘ozg‘on shahri, Nurota va Xatirchi tumanlarining ba'zi hududlarida kuchli sel oqib o‘tdi

Ma'lumotlarga ko‘ra, 28 mart soat 08:00 dan 29 mart soat 08:00 oralig‘ida Navoiy shahrida 50 millimetr, Sentob-Nurota meteorologik stansiyasida 50 millimetr, Xatirchi tumanida 54 millimetr yomg‘ir yog‘gan.

«Meteorologiyada sutka davomida 30 millimetr va undan ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ishi o‘ta xavfli gidrometeorologik hodisa hisoblanib, tabiiyki, bu qiymat o‘zi bilan turli tabiiy ofatlarni keltirib chiqarishi isbotlangan», — deyiladi gidrometeorologik ilmiy tahlillar Telegramm kanalidagi xabarda.

Ta'kidlanishicha, 28 mart kuni Xatirchi tumanida bir kecha-kunduzda 1 gektar maydonga 540 tonna suv tushgan.

Top