13:45 / 30.03.2021
20147
1917 yilgacha bo‘lgan tarixiy arxiv hujjatlari maxfiylikdan chiqarildi – «O‘zarxiv»

1917 yilgacha bo‘lgan tarixiy hujjatlar, xususan, Turkiston general gubernatori konselyariyasiga tegishli hujjatlar maxfiylikdan chiqarilgani ma'lum qilindi.

«O‘zarxiv» agentligining Milliy matbuot markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida agentlik direktori Ulug‘bek Yusupov joriy yil o‘tgan davri mobaynida agentlik tomonidan bajarilgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Ulug‘bek Yusupovning ta'kidlashicha, tarixchilarni qiynab kelgan muammolardan biri Turkiston general gubernatorining 1917 yilgacha bo‘lgan arxiv materiallari maxfiy hujjatlar qatoridan chiqarilgan.

«Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda 1917 yilgacha bo‘lgan tarixiy arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqardik. Jami to‘rtta fonddagi bu hujjatlar uzoq yillar tarixchilarni o‘ylantirib kelgan edi. Masalan, Turkiston general gubernatori konselyariyasiga tegishli bo‘lgan yig‘ma jildlar maxfiylikdan chiqarildi.

Endilikda tarixchilar arxiv o‘quv zallariga kelib mana shu hujjatlar bilan tanishishlari va tadqiqotlarida foydalanishlari mumkin», dedi «O‘zarxiv» direktori.

O‘zbekiston Milliy arxivi respublikadagi yagona va Markaziy Osiyodagi eng yirik arxivlardan biri bo‘lib, O‘zbekiston Milliy arxivi bugungi kunda 3 mingdan ortiq fondlarda 1mln. 800 mingdan ortiq saqlov birligida hujjatlar saqlanmoqda.

Top