09:00 / 30.03.2021
2716
Boulevard Business Center: qurilishning yakuniy bosqichi

Dream City Development kompaniyasi Boulevard biznes markazini qurilishi texnologiyalari haqida ma'lumot berdi.

Boulevard biznes markazida qurilish ishlari yakunlanmoqda. Dream City Development kompaniyasi binoning texnik xususiyatlari va qurilish jarayonidagi yangiliklar bilan bo‘lishdi.

Loyiha dunyoning yetakchi qurilish kompaniyalari Özgüven, MD Peyzaj bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan foydalanish va katta tajribaga ega xalqaro mutaxassislarni jalb qilish jarayonlarni tezlashtirishga imkon berdi.

Butun dunyoda monolit karkasli binolarning ishlash muddati kapital ta'mirsiz 100 yildan oshadi. Monolitik karkas qurilish texnologiyasi inshootning mustahkam bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu texnologiya har qanday faslda ham ish olib borish imkoniyatini beradi va bino sifatiga salbiy ta'sir qilmaydi. Bu esa qurilish tezligini oshirishi mumkin.

Shiftlarning balandligi ham muhim mezon hisoblanadi. Ko‘p hollarda poydevorga tushadigan yukni kamaytirish uchun shiftlarning balandligini pasaytirishadi, ammo monolit karkas qurilish texnologiyasi bilan bunday baland shiftlar muammo bo‘lmaydi. Shu sababli Boulevard Business Center'da birinchi qavatning shiftlari 7 metrgacha, ikkinchi qavat esa 5 metrgacha balandlikni tashkil etadi. Siz bu yerda hech ikkilanmay eng ajoyib dizayn yechimlaridan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, joy egalari o‘z binolarini istaganlaridek loyihalashlari hamda joyda ikki darajali makonni amalga oshirishlari ham mumkin.

Monolit karkasli binoda g‘isht va gazobeton bloklardan tashqi devorlar ko‘tarilgan. Zamonaviy uslubda izolyatsiya qilinib, fasadga fibrobeton ishlatilgan. Binoning ichki devorlari qalinligi 18 sm, shaxta devorlari qalinligi ham 18 santimetrni tashkil etadi.

Tashqi devorlarni izolyatsiya qilish uchun «nam fasad» usulidan foydalanilgan. Bu maxsus mineral tolalardan foydalanishni o‘z ichiga olgan zamonaviy texnologiya. Ushbu texnologiya sabab binoda yil davomida optimal harorat rejimi saqlanib qoladi. Sovuqqa, namlikka va nurga chidamli noyob qoplama jozibali ko‘rinishni oshirib, energiyani tejashga yordam beradi. Binoga suv o‘tmasligi uchun EPP va TPP usulida – polester, shishasimon tolali va polimer plyonka asosidagi superelastik suv o‘tkazmaydigan materiallar bilan izolyatsiya qilindi. Inshoot tomini yopish uchun yuqori sifatli metall cherepitsalar ishlatiladi. Tashqi perimetri bo‘ylab yaratilgan o‘ziga xos dekorativ metall konstruksiya Boulevard biznes markazining me'moriy qiyofasini to‘ldiradi

Bunga parallel ravishda biznes markazining muhandislik tizimlarini o‘rnatish, montaj va sozlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, Schindler lift tizimi, yong‘indan himoya qilish tizimlari, TYCO, GRUNDFOSS, SYSTEMAIR, VITRA, ONTROL, VIESSMANN elektron va signalizatsiya tizimlari, umumiy tozalash tizimlari, shamollatish va havoni tozalash hamda boshqalar o‘rnatilmoqda.

Barcha ta'mirlash ishlarining to‘liq yakunlanishi va obektning foydalanishga topshirilishiga oz vaqt qoldi. Ayni damda siz barcha afzallik va foydali shartlardan foydalanib poytaxt markazidagi qulay tijorat ko‘chmas mulkini xarid qilish imkoniyatiga egasiz.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202 22 22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l

Sayt: www.dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top