07:45 / 30.03.2021
3264
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 
Foto: KUN.UZ

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida beqaror ob-havo saqlanib qoladi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining 1600 metrdan yuqori bo‘lgan hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘ladi.

Top