16:00 / 30.03.2021
4698
«ElXolding»dan havo tozalovchi resirkulyator: virus va bakteriyalardan uy sharoitida himoyalanish vositasi
Foto: ElXolding

Pandemiya sharoitida insonlarning hayot tarzida tozalik juda muhim omilga aylandi. Odamlar turli vositalar yordamida virusdan saqlanishga harakat qila boshladi. Ko‘pchilik jamoat joylarida, transportda yurganda niqobda bo‘lishga, ish joyida esa uni yechib qo‘yishga odatlandi, chunki doim niqobda ishlash ham noqulay. Yopiq binolarda esa virus va bakteriyalar havo orqali tarqalishi oson.

Bunday hollarda yopiq binolar va xonalarda havoni viruslardan tozalovchi bakteritsidli resirkulyatorlar yordamga keladi. Samarqand shahridagi «ElXolding» korxonasi o‘zi ishlab chiqarayotgan bakteritsidli resirkulyatorlarni taklif qiladi. Elektr tokida ishlovchi bu havo tozalagichlar ultrabinafsha lampa bilan jihozlangan. U xona havosini 95 foizgacha bakteriya va viruslardan tozalaydi.

Uvel resirkulyatorlari hajmiga qarab 30 kvadratdan 150 kvadratgacha bo‘lgan xonalar havosini [zararli mikroorganizm va viruslardan] tozalaydi. Elektr toki past bo‘lganda ham resirkulyator ichiga o‘rnatilgan elektrni me'yorga keltiruvchi vosita yordamida ishlayveradi. «ElXolding» havo tozaluvchi vositani sotish bo‘yicha bolalar bog‘chalari, oshxona, maktab va klinikalar bilan hamkorlik qilib keladi. Mijozlar «ElXolding» mahsulotidan minnatdor ekanliklarini ma'lum qilishgan.

Uvel resirkulyatorlariga o‘rnatilgan ultrabinafsha lampa 6 ming soat ishlab beradi va faqat shunday keyin uni almashtirish kerak. Uni taymerga qo‘yib foydalansangiz ham bo‘ladi. Vositaning asosiy ustunligi uni xonada odamlar va hayvonlar bo‘lgan holatda ham ishlatish mumkin.

«ElXolding» resirkulyatorlari har qanday holatda ishlatish uchun xavfsiz. Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati amalda. To‘lovni har qanday usulda amalga oshirish mumkin. Mahsulot sertifikatlangan, ishonch kafolati 12 oygacha.

Murojaat uchun telefon:
93 3305000
93 7203030

Telegram: t.me/elxolding
Facebook: facebook.com/ELXOLDING
Instagram: instagram.com/elxolding

Reklama huquqi asosida

Top