11:58 / 30.03.2021
2273
Press-tur: Andijon viloyatida temir-beton tayanchlar o‘rnatish va elektr yetkazib berishda muammolar bo‘lmaydi

«Andijon HETK» AJda «Iqtisodiy samaradorlik va istiqboldagi rejalar» mavzusiga bag‘ishlangan press-tur bo‘lib o‘tdi.

Press-tur ishtirokchilari dastlab Xo‘jaobod tumanidagi temir-beton tayanchlar ishlab chiqarish sexida bo‘ldilar. Tsex bir vaqtning o‘zida 24 dona temir-beton tayanch ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bir kunlik ish hajmi 48 dona, yillik ish hajmi 13 200 dona temir-beton tayanch ishlab chiqariladi. 2021 yil davlat dasturlarini amalga oshirish uchun jami 22 936 dona tayanch talabi mavjud bo‘lib, temir-beton tayanchlar ishlab chiqarish sexi tomonidan joriy yil davomida 22 936 dona tayanch ishlab chiqarish rejasi belgilangan.

Shuningdek, press-tur qatnashchilari tumandagi «Obod qishloq» dasturi doirasida «Orday» MFY hududida olib borilayotgan ish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Press-tur qatnashchilari Andijon tuman Jyevachi qishlog‘ida joylashgan «Kamolot» nimstansiyasining ish jarayonini kuzatib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shundan so‘ng jamiyatning Andijon shahar Bobur ETK bo‘limi hududidagi «Travers mahsulotlari ishlab chiqarish sexi» hamda Andijon shahar ETK Bobur bo‘limida joriy qilingan elektr energiyasi iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini EEHONQA (ASKUE) nazorat qilish uchun tashkil etilgan mini Data center xonasi bilan tanishib chiqdilar.

Tadbir so‘ngida jamiyat majlislar zalida «Andijon HETK» AJ rahbariyati tomonidan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda tizimdagi maqsad va vazifalar, faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob berdilar va kelgusi rejalar xususida ma'lumot berib o‘tdilar.

Top