22:08 / 30.03.2021
5240
Samarqandda OTMlaridan biriga 3000 dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi ushlandi
Foto: Dreamstime

Samarqand shahridagi oliy ta'lim muassasalaridan biriga fuqarolardan birini 3000 dollar va 15 million so‘m evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi ushlangan. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma'lum qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yil 29 mart kuni Departamentining Samarqand viloyati Samarqand tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchisi B.I. fuqaro A.R.ni joriy imtihonlardan baholarini olib berish evaziga 650 ming so‘mni  talab qilib, shundan 300 ming so‘mini avval olib, qolgan 350 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, B.I. mazkur oliygohda yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali A.R.ni «Aeroport va avtomobil yo‘llari» fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga undan 3000 AQSh dollari va 15 million 36 ming so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olganligi aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, B.I.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi va 28 hamda 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top