Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi muzeylar soni bo‘yicha ma'lumotlarni ochiqladi.
Qo‘mitaga ko‘ra, 2020 yil holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 105tani tashkil etgan.
Yillar kesimida muzeylar soni quyidagicha ko‘rinishga ega:
- 2000 yilda - 88ta;
- 2010 yilda - 105ta;
- 2020 yilda - 105ta.
Davlat statistika qo‘mitasi e'lon qilgan raqamlardan ko‘rish mumkinki, so‘nggi 10 yilda O‘zbekistonda birorta muzey tashkil etilmagan.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan muzeylar soni esa quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4ta;
Andijon viloyati – 2ta;
Buxoro viloyati – 19ta;
Jizzax viloyati – 5ta;
Qashqadaryo viloyati – 3ta;
Navoiy viloyati – 5ta;
Namangan viloyati – 2ta;
Samarqand viloyati – 12ta;
Surxondaryo viloyati – 2ta;
Sirdaryo viloyati – 1ta;
Toshkent viloyati – 5ta;
Farg‘ona viloyati – 13ta;
Xorazm viloyati – 3ta;
Toshkent shahri – 29ta.